Bugun 3 may, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uols va uning o‘rinbosari allaqachon ishdan bo‘shatilgan

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uols va uning o‘rinbosari allaqachon ishdan bo‘shatilgan

Bu haqda Fox News xabar bermoqda

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Mayk Uols va uning o‘rinbosari Aleks Vong bugun o‘z ofislarini tark etishgan. Biroq Tramp ma’muriyati bu xabarni hali rasman tasdiqlagani yo‘q.

"AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yangi maslahatchisi lavozimini Stiv Uitkoff egallashi mumkin. Uning nomzodini yuqori martabali rasmiylarning aksariyati qo‘llab-quvvatlamoqda", deya xabar beradi Politico.

Hozirda Uitkoff prezidentning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili lavozimida ishlamoqda. Shu bilan birga, u Trampning Ukrainada tinchlik bo‘yicha muzokaralarida faol shtirok etmoqda.

Kiritildi: 21:57 01.05.2025. O'qildi: 606 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!