Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

AQSh Meksika tovarlariga bojlarni to‘xtatdi

AQSh Meksika tovarlariga bojlarni to‘xtatdi

To‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror bir oy davomida o‘z kuchida qoladi, deya xabar beradi TASS.

Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali gaplashganidan so‘ng Vashington Meksika tovarlariga 25 foizlik bojlarni bir oyga to‘xtatib qo‘yishini ma’lum qildi.

— Bundan buyon [AQSh tomonidan joriy qilingan] tariflar bir oyga to‘xtatiladi, — deb yozgan Sheynbaum o‘zining X sahifasida.

Sheynbaum AQSh prezidenti Tramp bilan suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlar va Meksika suverenitetiga katta hurmat borligini aytdi.

— Meksika giyohvand moddalar, xususan, fentanilning Meksikadan AQShga olib o‘tilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun zudlik bilan 10 ming nafar Milliy gvardiya askarlari bilan shimoliy chegarasini mustahkamlaydi, — dedi Sheynbaum.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Meksikaga noqonuniy qurol-yarog‘ yetkazilishining oldini olishga harakat qilmoqda.

— Bugundan boshlab jamoalarimiz ikki yo‘nalishda ishlaydi: xavfsizlik va savdo, - dedi Meksika prezidenti.

Kiritildi: 12:05 04.02.2025. O'qildi: 962 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!