Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi va Federal qidiruv byurosining sobiq rahbarlariga nisbatan jinoiy tergov boshladi

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi va Federal qidiruv byurosining sobiq rahbarlariga nisbatan jinoiy tergov boshladi

Federal qidiruv byurosi (FQB) AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq direktori Jon Brennan va Federal qidiruv byurosining sobiq direktori Jeyms Komi AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiya bilan aloqalari va Moskvaning 2016 yilgi saylovlarga aralashuvini o‘rganish chog‘ida sodir etgan qonunbuzarliklarni tekshirmoqda. Bu haqda Fox News telekanali AQSh Adliya vazirligidagi manbalarga tayanib xabar berdi. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, FQB ular Kongressga yolg‘on ko‘rsatma berganmi yoki yo‘qligini ham tekshiradi. Markaziy razvedka boshqarmasining amaldagi direktori Jon Retkliff FQB direktori Kesh Patelga Brennan tomonidan sodir etilgan qonunbuzarliklar haqida dalillar keltirdi. Federal qidiruv byurosi Brennan va Komi jinoiy til biriktirgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Kiritildi: 10:45 09.07.2025. O'qildi: 663 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!