Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh Markaziy Amerikadagi qator amaldorlar uchun viza cheklovlarini e’lon qildi

AQSh Markaziy Amerikadagi qator amaldorlar uchun viza cheklovlarini e’lon qildi

3 iyun kuni AQSh davlat kotibi Marko Rubio Markaziy Amerikaning bir qancha nomi oshkor etilmagan hukumat amaldorlari uchun viza cheklovlarini e’lon qildi. Bu haqda Davlat departamenti saytida ma’lum qilindi.

«Bugun Davlat departamenti Markaziy Amerikaning bir qator hukumat amaldorlari va ularning oila a’zolariga Kuba rejimining majburiy mehnat sxemasiga aloqadorligi uchun viza cheklovlarini joriy etish choralarini ko‘rdi. Rasmiylar majburiy mehnat va kubalik ishchilarni ekspluatasiya qilish elementlarini o‘z ichiga olgan Kuba tibbiy missiyasi dasturlari uchun javobgardir», — deyiladi bayonotda.

Rubio amaldorlar va ular qaysi davlatdan ekaniga oydinlik kiritmadi.

«Bu qadamlar ekspluatasiya amaliyotlarini qo‘llab-quvvatlovchi va davom ettiruvchilarni javobgarlikka tortishga undaydi».

«Kuba ishchi kuchi eksporti dasturi ishtirokchilarni ekspluatasiya qiladi, korrupsiyalashgan Kuba rejimini boyitadi va kubaliklarni o‘z vatanlarida asosiy tibbiy yordamdan mahrum qiladi», — deb qo‘shimcha qilindi xabarda.

Poytaxt Gavana o‘nlab yillar davomida bunday ayblovlarni rad etib kelgan.

«Bizning maqsadimiz — majburiy mehnat sxemasiga hissa qo‘shganlarni javobgarlikka tortish orqali Kuba xalqining erkinlik va qadr-qimmatga intilishini qo‘llab-quvvatlashdir. Ushbu viza cheklovlarini amalga oshirish orqali AQSh butun dunyo bo‘ylab inson huquqlarini ilgari surish va mehnat huquqlarini hurmat qilishga sodiqligimiz haqida aniq messej yubormoqda. Boshqa xalqlarni ham bu yo‘lda bizga qo‘shilishga da’vat etamiz», — deyiladi departament xabarida.

Qo‘shma Shtatlar va Kuba 1959 yilgi inqilobda Fidel Kastro hokimiyatni qo‘lga kiritganidan beri keskin munosabatlarda bo‘lib kelmoqda va o‘nlab yillar davomida AQShning savdo embargosi amal qiladi.

Kiritildi: 22:30 04.06.2025. O'qildi: 572 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!