Isroil va Livan o‘rtasidagi muzokaralar Vashingtondagi AQSh Davlat departamentida ikkinchi kun davom etmoqda.
Bu haqda Davlat kotibi Marko Rubio AQSh Vakillar palatasining Tashqi ishlar qo‘mitasi a’zolari oldida bergan ko‘rsatmasida ma’lum qildi.
U ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p yillardan beri birinchi muzokaralar samarali yakunlanishiga umid bildirdi.
"Hozirda, ketma-ket ikkinchi kun va ko‘p yillardan beri birinchi marta Livanning qonuniy hukumati va Isroil hukumati vakillari AQSh Davlat departamentida. Umid qilamizki, bugungi muzokaralar Livanda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shma bayonot va harakatlar rejasiga olib keladi", dedi Rubio.
Uning ta’kidlashicha, kecha bo‘lib o‘tgan ishchi darajadagi muzokaralarning birinchi kuni deyarli yetti soat davom etgan. Maslahatlashuvlarning ikkinchi bosqichi kunning ko‘p qismini egallashi kutilmoqda.