AQSh Kongressiga bo‘lib o‘tayotgan oraliq saylovlarning dastlabki natijalari Markaziy Yevropa vaqti bilan 4 noyabrga o‘tar kechasi e’lon qilinishi kutilmoqda. Biroq ovozlarni to‘liq va rasmiy hisoblash jarayoni bir necha haftagacha cho‘shilib ketishi mumkin.
DPA agentligining xabar berishicha, agar Kongress palanalaridan biri ustidan nazorat qilish masalasi atigi bir-ikkita mandat taqdiriga bog‘liq bo‘lib qolsa va kurash o‘ta keskin kechsa, noaniqlik uzoq davom etishi mumkin. Qolaversa, tomonlar saylov jarayonidagi qoidabuzarliklar yuzasidan bir-birlarini sudga berish huquqidan ham foydalanishlari ehtimoli bor.
Nomzodlar o‘rtasidagi farq o‘ta kichik bo‘lishi kutilayotgan asosiy maydon bu — Senatdir. Ayni paytda respublikachilar 100 ta o‘rindan 53 tasiga egalik qilmoqda. Demokratlar ko‘pchilikni qo‘lga kiritishi uchun ulardan kamida to‘rtta mandatni tortib olishi talab etiladi.