Bugun 19 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

AQSh Kongressi Rossiyadan dizel yoqilg‘isi import qilishga qarshi qonun loyihasini taqdim etdi

AQSh Kongressi Rossiyadan dizel yoqilg‘isi import qilishga qarshi qonun loyihasini taqdim etdi

AQSh Kongressi Vakillar palatasiga prezident Donald Trampning Rossiya bilan dizel yoqilg‘isi savdosini amalga oshirish rejasiga to‘sqinlik qilishga qaratilgan qonun loyihasi kiritildi. Bu haqda Vakillar palatasining Tashqi ishlar qo‘mitasi rasmiy saytida ma’lum qilindi.

«Rossiya bilan korrupsiyalashgan neft bitimlarini taqiqlash to‘g‘risida» deb nomlangan hujjat muallifi, kongressmen Gregori Miksning ta’kidlashicha, ushbu kelishuv amerikaliklarning Erondagi muvaffaqiyatsiz urush oqibatida ko‘tarayotgan xarajatlarini kamaytirmaydi.

«Bu bitim Putinga Ukraina tinch aholisiga qarshi qonli qatag‘onni jazosiz davom ettirishi uchun millionlab dollar beradi», — dedi Miks.

9 oktyabr kuni Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali «juda muvaffaqiyatli» suhbat o‘tkazganini ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, muloqot davomida Rossiya dizel yoqilg‘isini AQSh va jahon bozoriga yetkazib berish masalasi kelishib olingan.

12 oktyabr kuni Rossiya ommaviy axborot vositalari Sankt-Peterburgdan Rossiya dizel yoqilg‘isining birinchi partiyasi AQShning sharqiy qirg‘oqlari tomon yo‘l olgani haqida xabar berdi.


Kiritildi: 20:32 17.10.2026. O'qildi: 549 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!