Bugun 13 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQSh Janubiy Sudan fuqarolarining vizalarini bekor qiladi

AQSh Janubiy Sudan fuqarolarining vizalarini bekor qiladi

The New York Times nashrining yozishicha, Vashington Janubiy Sudan fuqarolariga berilgan barcha vizalarni bekor qilmoqda, chunki mamlakat muvaqqat hukumati Tramp ma’muriyati tomonidan deportasiya qilingan fuqarolarini "o‘z vaqtida" qabul qilishdan bosh tortgan.

"Davlat departamenti Janubiy Sudan fuqarolariga berilgan barcha vizalarni bekor qiladi va ularning Qo‘shma Shtatlarga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun yangi vizalarni berishni to‘xtatadi. Janubiy Sudan hamkorlikni to‘liq tiklaganida biz bu harakatlarni qayta ko‘rib chiqishga tayyormiz", — deya ta’kidladi AQSh Davlat kotibi Marko Rubio.

Bu Tramp ma’muriyatining alohida olingan mamlakatning barcha fuqarolariga ta’sir ko‘rsatadigan birinchi qaroridir. Yanvar oyi oxirida Tramp Kolumbiyaga ham shunga o‘xshash tahdidlar qilgan, biroq amaliy choralar ko‘rilmagan edi.

Kiritildi: 19:33 06.04.2025. O'qildi: 835 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!