Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba

КИР

AQSh sherik chaqirmoqda

AQSh sherik chaqirmoqda

AQSh Prezidenti Donald Tramp Eronning Janubiy Koreya kemasiga uyushtirgan hujumidan so‘ng, Seulni Ho‘rmuz bo‘g‘ozini to‘sib qo‘yish operasiyasiga qo‘shilishga chaqirdi.

«Eron "Ozodlik" loyihasi doirasidagi kemalar harakati, jumladan, Janubiy Koreya yuk kemasi bilan bog‘liq vaziyatda ushbu masalaga aloqasi bo‘lmagan davlatlarga bir necha bor hujum uyushtirdi. Ehtimol, Janubiy Koreya uchun ham ushbu missiyaga qo‘shilish vaqti kelgandir!

Biz ularning yettita kichik katerini, ya’ni "tezkor" qayiqlarini cho‘ktirdik. Bu ularda qolgan bor narsa edi.

Janubiy Koreya kemasini hisobga olmaganda, hozircha bo‘g‘ozdan o‘tayotgan kemalarga hech qanday zarar yetkazilmadi. Mudofaa vaziri Pit Xegset va Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi Den Keyn ertaga ertalab matbuot anjumani o‘tkazadilar. Ushbu masalaga e’tibor qaratganingiz uchun tashakkur! Prezident Donald J. Tramp», — deb yozdi Amerika yetakchisi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Kiritildi: 23:47 04.05.2026. O'qildi: 319 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!