Bugun 18 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSh Jahon chempionatidan siyosiy maqsadlarda foydalanmoqchi

AQSh Jahon chempionatidan siyosiy maqsadlarda foydalanmoqchi

AQSh Davlat departamenti AQShda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatidan siyosiy maqsadlarda foydalanishni rejalashtirmoqda.

Amerika hukumati "Sport diplomatiyasi bo‘yicha qo‘llanma"ni ishlab chiqdi, unda bu haqda so‘z boradi.

"Hujjatlar qatoriga "Sport diplomatiyasi bo‘yicha qo‘llanma" kiradi, unda mamlakatning futbol bo‘yicha jahon chempionati va Olimpiya o‘yinlari kabi keng ko‘lamli tadbirlardan foydalanish usullari bayon etilgan," - deyiladi Politico nashri xabarida.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati 2026 yilning iyun-iyul oylarida AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Mundialda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.

AQSh Olimpiada-2028 mezboniga ham aylangan. Yozgi o‘yinlar Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: Bugun 14:15. O'qildi: 354 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!