Bugun 30 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

AQSh ilk marta Venesuela hududidagi port inshootiga zarba berdi

AQSh ilk marta Venesuela hududidagi port inshootiga zarba berdi

AQSh ilk marta Venesuela hududidagi port inshootiga zarba berdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Telekanalning vaziyatdan xabardor manbalariga ko‘ra, AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA) droni Venesuela sohilidagi portlardan biriga zarba bergan. Bu Qo‘shma Shtatlarning ushbu mamlakat hududidagi nishonga bergan ilk hujumi bo‘ldi.

CNN suhbatdoshlarining aytishicha, AQSh hukumati mazkur portdan Tren de Aragua jinoiy guruhi giyohvand moddalarni saqlash va ularni keyinchalik jo‘natish uchun kemalarga ortishda foydalanganiga oid ma’lumotlarga ega bo‘lgan.

Manbalarning ta’kidlashicha, zarba berilgan paytda ob’ekt hududida hech kim bo‘lmagan, shu sababli jabrlanganlar yo‘q. Avvallaroq prezident Donald Tramp AQSh “Venesueladagi yirik ob’ekt”ni yo‘q qilganini aytgan edi. Dushanba kuni Trampdan bu haqda yana so‘ralganda, u AQSh “kemalarga giyohvand moddalar yuklanadigan bandargoh hududida” hujum uyushtirganini bildirdi. Biroq hujum haqida batafsil ma’lumot berishdan bosh tortdi.

So‘nggi paytlarda AQSh Karib dengizi va Tinch okeanining sharqiy qismida 30 dan ortiq kemani yo‘q qildi. Vashington buni giyohvandlikka qarshi kurash kampaniyasi bilan izohladi. Tramp, shuningdek, Venesueladagi narkokartellarga quruqlikdan zarbalar berish bilan bir necha bor tahdid qilgan.

Kiritildi: Bugun 11:32. O'qildi: 306 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!