Bugun 29 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Ukrainaga zarbalarni to‘xtatishi shart

Ukrainaga zarbalarni to‘xtatishi shart

Men Putin bilan uchrashishga tayyorman, ammo buning uchun u Ukrainaga zarbalarni to‘xtatishi shart — Zelenskiy.

"Biroz g‘alati holat: bir tomondan, Putin AQSh prezidentiga urushni tugatishni xohlayotganini, bu uning istagi ekanini aytmoqda. Boshqa tomondan esa matbuotda uning urushni davom ettirishga tayyorligi va xohlayotgani haqidagi bayonotlari chiqmoqda. Putin Ukrainani dronlar va raketalar bilan o‘qqa tutmoqda, fuqarolik infratuzilmasi vayron qilinayotganidan ochiqchasiga quvonmoqda, generallariga qayerga borish, nimani egallash haqida buyruqlar bermoqda. Agar Putin bu harakatlarini to‘xtatsa, men u bilan yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazishga tayyorman, men buni Trampga ham aytdim", — dedi Ukraina prezidenti.

Kiritildi: Bugun 17:40. O'qildi: 699 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!