Zelenskiy Trampdan Ukrainaga 30–50 yilga mo‘ljallangan xavfsizlik kafolatlarini taqdim etishni so‘ragan, Tramp esa bu haqda o‘ylab ko‘rishini aytgan.
Bu haqda Zelenskiy Donald Tramp bilan uchrashuvidan keyin jurnalistlar bilan muloqotda ma’lum qildi.
"Men AQSh prezidentiga Ukrainadagi urush deyarli 15 yildan beri davom etyotgani, shuning uchun kafolatlar yanada uzoq muddatli bo‘lishini judayam istashimizni aytdim. 30–50 yillik xavfsizlik kafolati variantlarini ko‘rib chiqishni xohlayotganimizni aytdim. Shunda bu prezident Trampning tarixiy qarori bo‘ladi. U bu haqda o‘ylab ko‘rishini aytdi", — dedi Ukraina prezidenti.
Zelenskiy, shuningdek, Moskva bilan uchrashuvlar formati faqat “majburiy muddatlarsiz muzokara yo‘li to‘liq bosib o‘tilgandan keyin” amalga oshirilishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.
"Donald Tramp Vladimir Putin bilan kechagi telefon suhbatida tinchlik rejasining barcha 20 bandini batafsil muhokama qilgan. Buni menga Trampning o‘zi aytdi. Ukraina uchun aynan hujjatning shu versiyasi muhokama qilinishi, shuningdek, Putinning so‘zlari Moskvaning amaliy harakatlariga mos kelishi muhim", — deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.