AQSh modernizasiya qilingan F-15EX qiruvchi samolyotlarini mamlakat tashqarisida ilk bor joylashtirdi.
AQSh Harbiy-havo kuchlarining F-15EX qiruvchi samolyotlari Yaponiyaning Okinava orolidagi Kadena aviabazasiga yetib kelgan.
Qayd etilishicha, bu mazkur turdagi samolyotlarning AQShdan tashqaridagi harbiy bazaga birinchi marta joylashtirilishidir.
Avvalroq Vashington yaqin bir necha yil ichida Okinavaga jami 36 ta F-15EX qiruvchi samolyotini o‘tkazishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi.
To‘rtinchi avlodga mansub ushbu samolyotlar 13,3 tonnagacha bo‘lgan jangovar yukni olib yura oladi. Bu ko‘rsatkich hozirda Yaponiyada joylashtirilgan eskiroq F-15 samolyotlarining imkoniyatlaridan qariyb ikki baravar yuqori bo‘lib, ayrim bombardimonchi samolyotlarning yuk ko‘tarish quvvatiga teng.