CNN: Rossiya AQSh bilan diplomatik muzokaralardan josuslik tarmog‘ini yangilash sifatida foydalanishi mumkin.
Bu haqda telekanalga anonim tarzda AQShlik amaldorlar va G‘arb razvedka xizmatidagi manbalar ma’lum qildi. Ularning ta’kidlashicha, diplomatik vakolatxonalarning avvalgi ko‘lamini tiklash orqali Moskva Vashington, Nyu-York va Xyustonda xalqaro niqob ostidagi josuslar faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yishga intilmoqda.
G‘arb razvedka xizmatidagi vakil AQSh hududida josuslik tarmog‘ini tiklash Rossiya uchun "ustuvor vazifa" ekanligini aytdi. “Ular hali ham jonli razvedkaga qattiq tayanadi va razvedkachilarning maxfiy manbalar bilan uchrashish imkoniyatini juda qadrlashadi”, — deb hisoblaydi u.
Qo‘shma Shtatlarning amaldagi va sobiq amaldorlarining aytishicha, mamlakat razvedkasi va FQB uzoq vaqtdan beri Rossiyaning diplomatik ishtirokini cheklashni yoqlab keladi. Ularning fikricha, rus diplomatlarining aksariyati josuslik vazifasini bajaradi.