Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Dunyodagi eng yirik elektr kema suvga tushirildi

Dunyodagi eng yirik elektr kema suvga tushirildi

Avstraliyaning Xobart portida Hull 096 nomli elektrokema suvga tushirildi. Incat kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan kema hozircha dunyodagi eng yirik elektr kema hisoblanadi.

Hull 096 uzunligi 130 metr bo‘lib, 2100 yo‘lovchi va 225 ta transport vositasini tashish imkoniyatiga ega. Kema faqat akkumulyatorlardan olinadigan elektr energiyasi yordamida ishlaydi. Uning og‘irligi 250 tonnani, umumiy quvvati esa 40 megavatt-soatdan ortiqni tashkil etadi. Kema sakkizta elektr suv dvigateliga ulangan bo‘lib, quvvati avvalgi dengiz qurilmalaridan to‘rt baravar kuchli.

Incat raisi Robert Kliffordning so‘zlariga ko‘ra, ular ekologik toza transport yechimlarini yaratishga katta e’tibor qaratmoqda.

Hull 096 nafaqat eng yirik elektr kema, balki dunyoda shu paytgacha qurilgan eng katta elektr transport vositasi ham hisoblanadi.

Kiritildi: 10:15 04.05.2025. O'qildi: 1040 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!