"Ukraina prezidenti har bir vengerning Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga tez a’zo bo‘lishi masalasida o‘z fikrini bildirish huquqi borligini tan olishi kerak! Axir, fakt o‘zgarmas: Ukraina biz a’zo bo‘lgan birlashmaga qo‘shilmoqchi, aksincha emas... Shu sababli, Kiyev munosib ohangni tanlashi lozim", - deya Vengriya Tashqi ishlar vaziri Facebook’da yozdi.
Ilgari Zelenskiy Vengriya hukumatining Ukrainaning EIga a’zo bo‘lishi bo‘yicha pozisiyasini tanqid qilgan va Vengriya aholisining ko‘pchiligi Ukraina a’zoligini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan edi.