Bugun 21 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

AQSh futbol federasiyasi Rossiya terma jamoasi bilan o‘yin o‘tkazilishi borasidagi xabarlarga munosabat bildirdi

AQSh futbol federasiyasi Rossiya terma jamoasi bilan o‘yin o‘tkazilishi borasidagi xabarlarga munosabat bildirdi

AQSh futbol federasiyasi Rossiya terma jamoasi bilan ehtimoliy o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazish masalasi yuzasidan izoh berdi. Avvalroq Rossiya futbol ittifoqi tomonidan bu kabi voqea sodir bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

«Biz Rossiya bilan asosiy terma jamoalar o‘rtasida qandaydir o‘yinlar o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar olib borayotganimiz yo‘q», — deyiladi Amerika tomoni matbuot xizmatining «Match TV» telekanalida e’lon qilingan bayonotida.

Ta’kidlash joizki, o‘tmishda Rossiya va AQSh terma jamoalari o‘zaro 5 marotaba to‘qnash kelishgan. Ushbu uchrashuvlarning 3 tasida durang natija qayd etilgan bo‘lsa, 2 tasida Rossiya terma jamoasi g‘alaba qozongan.

Kiritildi: Bugun 11:38. O'qildi: 295 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!