Murojaatda Anvarxon Temirov ilgari samarasiz deb baholangan usulga nega yana qaytilayotgani haqida izoh so‘ragan.
Shuningdek, panjaralarning harakat xavfsizligiga qanday ta’sir qilishi, ekspert xulosasi bor-yo‘qligi va piyodalar uchun qanday qulaylik yaratilishi yuzasidan tushuntirish talab qilgan.
Temirov katta mablag‘ sarflab o‘rnatilgan to‘siqlarning keyinchalik yana olib tashlanishi soliq to‘lovchilar orasida norozilik o‘yg‘otishini ham aytgan.