Namangan viloyati va Toshkent osmonida noma’lum yorqin jism harakati kuzatildi. Namanganda aholi kuchli shovqin va yer silkinishiga o‘xshash holatni his qilgani aytilmoqda, poytaxtda esa jismning harakati videoga tushib qolgan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, osmonda chaqnash va qora tutun bir necha soat saqlangan. Hodisa taxminan soat 12:30–13:00 oralig‘ida sodir bo‘lgan.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti ma’lum qilishicha, hozircha bu jism meteorit ekani rasman tasdiqlanmagan. Yer yuzasiga tushgan qoldiqlar aniqlanmaguncha hodisaning tabiati haqida xulosa berish qiyin.
Hozirda vaziyat yuzasidan dastlabki o‘rganish ishlari davom etmoqda.