Dushanba kungi savdolarning dastlabki daqiqalari aksiyalar narxining keskin tushish bilan ochildi.
Dow Jones Industrial Average savdo sessiyasi ochilishida 3,17 foizga tushdi, Standard & Poor's 500 — 3,43 foizga, Nasdaq Composite — 3,92 foizga pasaydi.
Avvalroq Osiyo va Yevropa bozorlari asosiy indekslarining pasayvanligi haqida xabar qilingan edi. Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp butun dunyodan import qilinadigan mahsulotlarga bojlar oshirilishini e’lon qilganidan keyin jahon fond birjalari “qizil zona” deb ataladigan holatga tushgani ma’lum qilingan edi.