Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

AQSh Yevropadan rejalashtirilganidan ancha kam harbiylarini olib chiqadi

AQSh Yevropadan rejalashtirilganidan ancha kam harbiylarini olib chiqadi

Bloomberg agentligi ma’lumotiga ko‘ra, AQSh Pentagoni Yevropadagi harbiy kontingentni qisqartirish rejasini qayta ko‘rib chiqdi. Endi avval kutilgan 25 ming nafar emas, balki 5 ming nafar amerikalik harbiyni Yevropadan olib chiqish rejalashtirilmoqda.

Ayni paytda Yevropa qit’asida qariyb 80 ming nafar AQSh harbiy xizmatchisi joylashgan.

Qarorning o‘zgarishiga NATOga a’zo davlatlarning mudofaa xarajatlarini oshirishga tayyorligi hamda AQSh armiyasining Yaqin Sharqdagi jangovar salohiyati Yevropada joylashgan harbiy kuchlarga qay darajada bog‘liq ekani anglab yetilgani sabab bo‘lgan.

AQShning NATOdagi doimiy vakili Mettyu Uitaker Yevropada zarur harbiy resurslar mavjudligini ta’kidlab, yaqin orada katta o‘zgarishlar kutmayotganini bildirgan.

Kutilayotgan qisqartirishlarning asosiy qismi AQShning Yevropadagi eng yirik harbiy kontingenti joylashgan Germaniya hissasiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Shu bilan birga, NATOning Rossiya bilan chegaradosh sharqiy qanotini qo‘shimcha kuchaytirish rejalashtirilmoqda.

Agentlik xabar berishicha, Rossiya bilan chegaradosh ayrim davlatlar bu jarayondagi xarajatlarning bir qismini o‘z zimmasiga olishga tayyorligini bildirgan.

AQSh harbiylarini Yevropadan olib chiqish bo‘yicha yakuniy qarorni prezident Donald Tramp qabul qiladi. Bu masala yuzasidan unga 1 dekabr kuni tegishli hisobot taqdim etiladi.

Kiritildi: Bugun 08:46. O'qildi: 293 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik