Bugun 18 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSh Yevropa davlatlariga Rossiya aktivlarining bir qismini Vashington nazoratiga o‘tkazishni taklif qildi

AQSh Yevropa davlatlariga Rossiya aktivlarining bir qismini Vashington nazoratiga o‘tkazishni taklif qildi

Financial Times nashri manbalarga tayanib xabar berishicha, AQSh Yevropa davlatlariga Rossiyaning muzlatilgan aktivlarining bir qismini muzdan chiqarib, Vashington boshqaradigan tuzilmaga o‘tkazishni taklif qilgan.

Nashr malumotiga ko‘ra, bu taklifni AQSh prezidentining maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kushner Mayamidagi uchrashuvda bildirgan. Unda Ukraina, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi va NATO vakillari ishtirok etgan.

Rossiya aktivlarini AQSh nazoratiga o‘tkazish masalasi keng qamrovli tinchlik kelishuvining bir qismi sifatida muhokama qilingan. Biroq Yevropa diplomatlari bu taklifni rad etgan.

Kiritildi: 11:11 15.10.2026. O'qildi: 936 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!