Agar Qo‘shma Shtatlar Isroilning Eronga qarshi harbiy harakatlariga qo‘shilsa, Eronning Fordodagi uranni boyitish bo‘yicha yer osti inshootiga bir emas, balki bir necha marta zarba berishi mumkin.
Bu haqda ABC News xabar berdi.
Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp "Eronning Fordodagi yadroviy inshootini ishdan chiqarish g‘oyasiga ko‘nikib qolgan". Qayd etilganidek, Vashington haligacha Tehrondan Islom Respublikasining yadroviy dasturi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish taklifiga javob olmadi, Tramp esa o‘z tarafdorlari Eronga hujum qilish qaroriga qanday munosabatda bo‘lishini tushunishga harakat qilmoqda.
Amerika yetakchisi avvalroq Fordodagi ob’ektga zarba berish imkoniyati bo‘yicha yakuniy qarorga kelmaganini ma’lum qilgandi. Tramp Oq uyda jurnalistlarning mazkur ob’ektning yo‘q qilinishi, uning fikricha, Eron yadroviy dasturi bo‘yicha Tehron bilan kelishuvlar tuzishning zaruriy sharti ekanligi haqidagi savoliga salbiy javob berdi.
OAV hisob-kitoblariga ko‘ra, Fordodagi ob’ektni yo‘q qila oladigan o‘ta og‘ir bomba faqat AQShda mavjud. U tog‘ning qalinligida, taxminan 90 metr chuqurlikda joylashgan. Amerikaning Axios portali avvalroq AQSh Isroilga bunker bombalarini topshirish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergan edi.