Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

AQSh Eronga qarshi yadroviy zarbani istisno qilmadi

AQSh Eronga qarshi yadroviy zarbani istisno qilmadi

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Eronning Fordo shahrida joylashgan yadroviy inshootiga qarshi taktik yadroviy zarba variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Fox News telekanali muxbiri Jekki Xaynrik Oq uydagi manbaga tayanib xabar berdi.

🔸 Oq uy manbalari bu ssenariyni inkor etmasdan, GBU-57 turdagi maxsus aviabombalarning imkoniyatlariga ishonch bildirishdi. Ushbu 13,6 tonnali bomba 90 metr chuqurlikdagi mustahkam inshootlarni yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan.

🔸 Ammo The Guardian xabarida aytilishicha, yadroviy zarba yagona yechim sifatida ko‘rilmoqda. Oq uy buni rasman rad etdi.

🔸 Axiosning yozishicha, Tramp GBU-57 bombasining to‘liq yo‘q qilish salohiyatiga shubha qilmoqda. Shu sababli Pentagon avval yer qatlamni oddiy bombalar bilan “yumshatib”, so‘ngra yadroviy zaryad ishlatish taklifini muhokama qilgan.


📌 Wall Street Journal ma’lumotiga ko‘ra, Tramp 17 iyun kuni hujum rejasini ma’qullagan, ammo hali rasmiy buyruq bermagan — Tehrondan muayyan imtiyozlar kutilayapti.

📅 19 iyun kuni Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levitt harbiy amaliyot to‘g‘risida qaror ikki hafta ichida qabul qilinishi mumkinligini aytdi.


Donald Tramp:

«Biz Xomaneiy qayerda ekanini bilamiz. U — yengil nishon. Ammo hozirda uni o‘ldirish rejamiz yo‘q».

Ali Xomaneiy (Eron oliy rahbari):

«Eron hech qachon bosim oldida bosh egmaydi. AQSh hujumi jiddiy va barqaror oqibatlarga olib keladi. Biz har qanday zo‘ravonlikka va hatto “majburiy tinchlik”ka ham qarshi kurashamiz».


🟥 Shuningdek, Isroil polisiyasi Tel-Avivda Turkiyaning TRT Haber telekanali jonli efirini to‘xtatdi. Jurnalistlar Eronning Isroilga qarshi amalga oshirgan hujumlari oqibati haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xabar bermoqda edilar.

Kiritildi: 14:17 20.06.2025. O'qildi: 774 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!