Trampning so‘zlariga ko‘ra, Eron mag‘lubiyat yoqasida turibdi, biroq bu kampaniya tez orada yakunlanishini anglatmaydi.
AQSh prezidentining boshqa bayonotlari:
◾️ Ho‘rmuz bo‘g‘ozida barchasi AQSh nazorati ostida. Biz ularning barcha katerlarini yo‘q qildik;
◾️ Biz Eron o‘z imkoniyatlarini qayta tiklashini istamaymiz va ideal holda u yerda nima qilayotganini tushunadigan rahbariyatni ko‘rishni xohlaymiz;
◾️ AQSh Eronning energiya tizimini bir soat ichida yo‘q qila oladi, uni tiklash uchun esa 25 yil vaqt kerak bo‘ladi;
◾️ Eronning yana ozroq raketalari qolgan, ammo ular ko‘p emas va vaziyat biz uchun juda qulay;
◾️ Eron tomonidan Kaliforniya sohillari yaqinida dengiz orqali ehtimoliy hujum va dronlar uchirilishi mumkinligi haqidagi xabarlar tekshirilmoqda;
◾️ Qo‘shma Shtatlar Eronning “uyqudagi qo‘poruvchi guruhlari” borligi haqida xabardor, ularning ko‘pchiligi Jo Bayden ma’muriyati davrida ochiq chegaralar orqali mamlakatimizga kirib olgan.
◾️ Ispaniya biz bilan hamkorlik qilmayapti, biz Ispaniya bilan savdoni to‘xtatishimiz mumkin