Bugun 13 mart, 2026 yil, juma

КИР

AQSh Eronga qarshi amaliyotda bir necha yilga mo‘ljallangan o‘q-dori zaxirasini sarflab yubordi

AQSh Eronga qarshi amaliyotda bir necha yilga mo‘ljallangan o‘q-dori zaxirasini sarflab yubordi

AQSh Eronga qarshi amaliyotda bir necha yilga mo‘ljallangan o‘q-dori zaxirasini sarflab yubordi — Financial Times.

"Qo‘shma Shtatlarda ayniqsa Tomahawk qanotli raketalari tez kamayib ketgan. Yaqin Sharqdagi urushning dastlabki 100 soati mobaynida AQSh harbiylari bunday raketalardan 168 tasini ishlatgan", deya yozmoqda nashr.

"Bu juda ko‘p. Va ularning o‘rnini to‘ldirish uchun bir necha yillar ketadi", – degan Financial Times'ga amerikalik kongressmenlardan biri.

Zaxiralarni to‘ldirish uchun Pentagon Kongressdan qo‘shimcha 50 mlrd dollar so‘rashi kutilmoqda.

Tramp ma’muriyati Eron bilan urushning dastlabki olti kunidagi xarajatlarni kamida 11,3 milliard dollarga baholagan.

Kiritildi: Bugun 18:53. O'qildi: 372 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!