Bugun 27 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

AQSh Erondagi jangovar guruhini kuchaytirdi

AQSh Erondagi jangovar guruhini kuchaytirdi

Eronga yaqin hududda joylashtirilgan AQSh harbiy-dengiz kuchlari guruhidagi jangovar kemalar soni bir hafta ichida 17 tadan 21 taga yetdi.

Bu haqda AQSh Harbiy-dengiz institutining axborot xizmati ma’lumotlarida keltirilgan.

Ayni paytda Eronning janubi-sharqidagi Arabiston dengizida USS George Washington va USS George Bush avianoseslari boshchiligidagi AQShning ikkita avianoses zarba berish guruhi jangovar navbatchilikni o‘tamoqda. Har bir avianosesda 48 tadan qiruvchi samolyot joylashtirilgan.

Avianoseslar bilan birga Eron yaqinida bitta kreyser, 11 ta raketa bilan qurollangan esmines va dengiz piyodalari ekspedision batalyoniga ega uchta yirik desant kemasi ham joylashgan.

Ayni vaqtda Qizil dengiz hududida Yamandagi mojaro fonida AQShning ikkita raketa bilan qurollangan esmines kemasi faoliyat olib bormoqda. Yana ikkita AQSh harbiy-dengiz kuchlari esmines kemasi Hind okeanining shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan.

Avvalroq The Wall Street Journal (WSJ) gazetasi AQSh Eronga qarshi zarbalarni qayta boshlashga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida xabar bergan edi.

Kiritildi: Bugun 12:55. O'qildi: 469 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!