AQSh Markaziy qo‘mondonligi (SENTKOM) Eronga qarshi dengiz blokadasi doirasida 60 dan ortiq savdo kemalarini to‘xtatib qolganini ma’lum qildi.
«Eron blokadasini ta’minlashda AQShning 20 dan ortiq harbiy kemasi ishtirok etmoqda. SENTKOM kuchlari blokada rejimiga rioya etilishini ta’minlash maqsadida 61 ta tijorat kemasini ortga qaytardi va to‘rttasini ishdan chiqardi», — deb yozdi qo‘mondonlik vakillari X ijtimoiy tarmog‘ida.