Pentagon rahbari Pit Xegsetning ta’kidlashicha, AQSh tomonidan amalga oshirilgan havo zarbalari natijasida Eronning yadroviy dasturi butunlay yo‘q qilingan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu zarbalar Eronning qurolli kuchlari yoki aholisiga qarshi emas, faqat yadroviy inshootlarga qaratilgan bo‘lgan.
Xegset shuningdek AQSh Eron bilan urushish niyatida emasligini, shunchaki xavfsizlikka intilayotganini aytib o‘tgan.