Bugun 4 may, 2026 yil, dushanba

КИР

AQSh Eron bilan to‘qnashuv uchun «qonuniy bahona» izlamoqda

AQSh Eron bilan to‘qnashuv uchun «qonuniy bahona» izlamoqda

AQShning Ho‘rmuz bo‘g‘ozida to‘planib qolgan kemalarni olib o‘tishga bo‘lgan urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda, bu Eron bilan urushni qayta boshlash uchun bahona bo‘lishi mumkin. Bu haqda Axios portali o‘z manbasiga tayanib xabar bermoqda.

«Agar eronliklar biror harakatni amalga oshirsa, ular "yomon yigitlar" bo‘lib ko‘rinadi va bizda harakat qilish uchun qonuniy huquq paydo bo‘ladi», — deya nashr o‘z suhbatdoshining so‘zlaridan iqtibos keltiradi.

Shuningdek, manba ushbu operasiyani «eronliklar bilan to‘qnashuvga olib kelishi mumkin bo‘lgan jarayonning boshlanishi» deb atagan.

Portalning ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp Tehron bilan «na kelishuv va na urush bor» bo‘lgan hozirgi vaziyatdan charchagan.

Kiritildi: Bugun 20:06. O'qildi: 357 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!