AQSh Eron bilan muzokaralar olib bormoqda, Vashington bundan qandaydir natija chiqishiga umid qilmoqda.
"Eron biz bilan muzokaralar olib boryapti. Ko‘ramiz, nimadir qila olamizmi-yo‘qmi. Agar bo‘lmasa, keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz", — dedi AQSh prezidenti.
Shuningdek, Tramp AQSh Fors ko‘rfazidagi ittifoqchilariga Eron masalasidagi o‘z rejalari haqida ma’lumot bermayotganini ham aytdi.