Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

AQSh Eron bilan bog‘liq 60 dan ortiq tashkilot va kemalarga qarshi sanksiyalar joriy qildi

AQSh Eron bilan bog‘liq 60 dan ortiq tashkilot va kemalarga qarshi sanksiyalar joriy qildi

Vashington ma’muriyati Eron bilan aloqalari uchun 60 dan ortiq tashkilot, shaxs va kemalarga sanksiyalar joriy qildi.

Bu haqda AQSh moliya vaziri Skott Bessent jurnalistlarga ma’lum qildi.

"AQSh Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi butun dunyo bo‘ylab Eron rejimiga taqiqlangan yadroviy va raketa texnologiyalarini sotib olish, kiber operasiyalarni amalga oshirish va neft daromadlarini olish imkonini beruvchi 60 dan ortiq tashkilot, shaxs va kemalarga sanksiyalar joriy qilmoqda", dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Eronni global miqyosda butunlay izolyasiya qilishni va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) uchun har qanday potensial moliyalashtirish manbalarini uzib qo‘yishni istaydi.

Kiritildi: Bugun 08:50. O'qildi: 274 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!