Bugun 11 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSh elchixona faoliyatini tiklash uchun Venesuelaga delegasiya yubordi

AQSh elchixona faoliyatini tiklash uchun Venesuelaga delegasiya yubordi

AQSh Davlat departamenti delegasiyasi Venesuelaga yetib keldi. Bu Vashington harbiy operasiyasidan keyin amerikalik diplomatlarning birinchi tashrifi.

CNN manbasiga tayanib xabar berishicha, tashrifdan maqsad AQShning Karakasdagi elchixonasi faoliyatini qayta tiklash istiqbollarini baholashdan iborat.

Delegasiya tarkibiga Kolumbiyada joylashgan Venesuela ishlari bo‘yicha Amerika bo‘linmasi xodimlari, shuningdek, AQShning Kolumbiyadagi elchisi vazifasini bajaruvchi Jon Maknamara kirdi.

Aniqlik kiritilishicha, 2019 yilda AQSh diplomatlarni chaqirib olgan va Karakasdagi elchixona ishini to‘xtatgan.

Kiritildi: 23:56 09.01.2026. O'qildi: 368 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!