AQSh futbol federasiyasi milliy terma jamoa bosh murabbiyligiga Xosep Gvardiolani tayinlashni ustuvor vazifa sifatida ko‘rmoqda. Agar ispaniyalik mutaxassis taklifni rad etsa, amerikaliklar boshqa nomzodlarga murojaat qilishi mumkin.
TEAMtalk nashrining xabar berishicha, Angliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Gvardiolaga muqobil variantlardan biri hisoblanadi.
Biroq Sautgeytning o‘zi AQSh terma jamoasini boshqarishga unchalik qiziqish bildirmayapti. Shu sababli federasiya ro‘yxatida Belgiya va Portugaliya terma jamoalarining sobiq ustozi Roberto Martines hamda «Nyukasl»ning sobiq bosh murabbiyi Eddi Xau ham bor.
Eslatib o‘tamiz, Sautgeyt rahbarligida Angliya terma jamoasi ikki marta Yevropa chempionati finaliga qadar yetib borgan va har ikki safar kumush medallarni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, jamoa 2018 yili Rossiyada o‘tkazilgan Jahon chempionatida yarim finalga chiqqan edi.
AQSh terma jamoasini bunga qadar boshqarib kelgan Maurisio Pochettino esa «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi lavozimini egalladi.