AQSh davlat kotibi Rubio Eron bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etishdan o‘zini olib qochmoqda. Bu haqda Financial Times xabar berdi.
Nashrning qayd etishicha, Marko Rubio AQSh delegasiyasining Islomobodga ikkala safarida ham qatnashmadi.
Siyosatshunos Stiven Voltning so‘zlariga ko‘ra, Rubio ushbu vaziyatdan masofa saqlamoqda, u bu orqali o‘z nomini Qo‘shma Shtatlarning Eron bilan urushidagi ehtimoliy mag‘lubiyati bilan bog‘lanmasligiga erishmoqchi.