Bugun 26 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

IIB tezkor xodimi Sanjar Karimovning uyidagi tintuvda uning buyumini olib ketganini tan oldi

IIB tezkor xodimi Sanjar Karimovning uyidagi tintuvda uning buyumini olib ketganini tan oldi

Sanjar Karimov ustidan borayotgan sud majlisida uning uyida o‘tkazilgan tintuvda qatnashgan IIB tezkor xodimlari ko‘rsatma berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, IIB tezkor xodimlaridan biri tintuv paytida Sanjar Karimovga tegishli buyumni hech kimga bildirmagan holda xonadondan olib chiqib ketgan. So‘ngra ushbu buyumni mashinasiga qo‘ygan. Narkologiyaga olib borish uchun ushbu mashinaga chiqarilgan Sanjar Karimov o‘ziga tegishli buyumni tanib qolgan.

IIB tezkor xodimi buni sud majlisida tan oldi. U buyumni “qo‘lida o‘ynab o‘tirib, olib chiqib ketib qolgani”ni aytdi.

Narkologiyaga borayotganimizda mashinangizda o‘zimning firmamga tegishli bo‘lgan brendli narsani ko‘rib qolganimga qanday izoh berasiz?” – deb so‘radi Sanjar Karimov sudda so‘roq qilingan jinoyat qidiruv bo‘limi xodimidan.

Ha, esimdan chiqibdi, to‘g‘ri. Breloksimon narsa bor ekan. Haqiqatan, qo‘lim bilan o‘ynab, olib chiqib ketibman. Narkologiya bo‘limiga birga bordim. Agar rozi bo‘lsangiz, menda qoladi, desam “men roziman”, deb aytdilar”, – deya izoh berdi tezkor xodim.

Sanjar Karimov tintuv paytida qimmat soatlari bo‘lganini aytib, hozirda ularning hammasi joyida ekaniga shubha bildirdi.

Siz kafolat bera olasizmi hamma qimmatbaho narsalar o‘sha yerda borligiga, hech kim tegmaganiga?” deb so‘radi u tezkor xodimdan.

IIB xodimi faqat o‘zi olgan narsani aytishini, u yerdagi har bitta detalga javob berolmasligini ma’lum qildi.

Kiritildi: Bugun 14:55. O'qildi: 737 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!