Garvard universiteti olimlari insoniyat evolyusiyasini o‘rganish davomida ayni shunday xulosaga kelishdi.
Tadqiqotchilar so‘nggi 18 ming yillikni qamrab oluvchi 16 mingdan ortiq qadimgi odamlarning DNK namunalarini tahlil qilib, zarg‘al sochlarga javob beruvchi MC1R geni eng chidamli ekanini aniqladilar.
Nature jurnalida e’lon qilingan natijalarga ko‘ra, mazkur gen har bir yangi avlodda kuchayib, kengroq tarqalib bormoqda.
Olimlarning fikricha, bunday insonlar organizmi quyosh nuri kam sharoitda D vitaminini samaraliroq ishlab chiqarishi hamda ayrim kasalliklarga nisbatan yuqori chidamliligi ularga genetik ustunlik bermoqda.