Bugun 26 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tramp bilan uchrashuvdagi otishmada 31 yoshli o‘qituvchi gumonlanmoqda

Tramp bilan uchrashuvdagi otishmada 31 yoshli o‘qituvchi gumonlanmoqda

Donald Trampning matbuot bilan uchrashuvida o‘q uzgan shaxs kaliforniyalik 31 yoshli o‘qituvchi Koul Allen ekani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda CNN va New York Post huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayanib xabar berdi.

LinkedIn profiliga ko‘ra, Allen repetitorlik bilan shug‘ullanuvchi "C2 Education" kompaniyasida ishlagan. 2024 yil dekabr oyida tashkilot uni hatto oyning eng yaxshi o‘qituvchisi deb e’tirof etgan.

Federal prokuror Janin Pirroning ma’lum qilishicha, hujumchi dushanba kuni sud oldida javob beradi. Unga nisbatan zo‘ravonlik jinoyatini sodir etishda o‘qotar quroldan foydalanish va zobitga hujum qilish ayblovlari qo‘yilgan.

O‘qituvchi matbuot kechki ovqati bo‘lib o‘tayotgan "Washington Hilton" mehmonxonasining banket zali kirishida o‘t ochgan. Hujum oqibatida Maxfiy xizmatning bir xodimi jabrlangan — o‘q uning zirhli nimchasiga tekkan. Hujumchining maqsadi hozircha aniqlanmagan, deyiladi xabarda.

Kiritildi: Bugun 13:15. O'qildi: 459 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!