Marko Rubioning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar bosh vazir Pashinyan va Armanistonni tinchlikka intilish hakatlarida qo‘llab-quvvatlaydi.
"Biz Vashington tinchlik sammiti maqsadlarini ilgari surishga, jumladan, “Xalqaro tinchlik va farovonlik uchun Tramp yo‘nalishi” (TRIPP) tashabbusini amalga oshirishga sodiqmiz", — dedi Davlat departamenti rahbari.
Rubioning ta’kidlashicha, Vashington Janubiy Kavkazda va undan tashqarida tinchlik, barqarorlik hamda farovonlikka erishish yo‘lida birgalikda ishlashni intiqlik bilan kutadi.
Avvalroq, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan o‘z partiyasining mamlakat parlament saylovlarida g‘alaba qozonganini ma’lum qilgan edi.