AQSh Bosh prokurori Pem Bondi amerikalik moliyachi Jeffri Epshteyn ishi bilan bog‘liq hujjatlarda nomi tilga olingan 300 dan ortiq shaxslar ro‘yxatini e’lon qildi.
Hujjat DocumentCloud platformasida joylashtirilgan.
Nashrga berilgan tushuntirish xatida ro‘yxatga hukumat amaldorlari yoki siyosiy jihatdan fosh bo‘lgan shaxslar kiritilgani va ularning ismlari hujjatlarda kamida bir marta uchraydi.
Ro‘yxatda nomi tilga olinganlar orasida AQShning 42-prezidenti Bill Klinton, AQShning 46-prezidenti Jo Bayden, Microsoft asoschilaridan biri Bill Geyts va qo‘shiqchi Beyonse bor.