Bugun 11 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

AQSh bilan muzokaralarda ishtirok etish uchun Eron delegasiyasi tarkibi 80 nafardan oshdi

AQSh bilan muzokaralarda ishtirok etish uchun Eron delegasiyasi tarkibi 80 nafardan oshdi

Pokiston poytaxti Islomobodda Qo‘shma Shtatlar bilan muzokaralar olib boradigan Eron delegasiyasi tarkibida 80 dan ortiq kishi bor.

ISNA nashri xabar berishicha, delegasiyaga Eron parlamenti raisi Muhammad Bag‘ir G‘olibaf boshchilik qilmoqda.

Xabarga ko‘ra, muzokaralarda tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi, Eronning Pokistondagi elchisi Reza Amiri Moghaddam va Oliy Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Ali Akbar Ahmadian ham ishtirok etadi.

Delegasiya tarkibida asosiy davlat idoralari vakillari bor. Xususan, asosiy muzokarachilar bilan bir qatorda, Islomobodga iqtisodiy, siyosiy va xavfsizlik masalalari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan texnik qo‘mitalarning 26 a’zosi yetib keldi. Ularning ishtiroki bo‘lajak maslahatlashuvlarning yuqori darajada sezgirligi bilan bog‘liq.

Bundan tashqari, Eron delegasiyasiga turli ommaviy axborot vositalarining 23 nafar vakili hamrohlik qilmoqda.

Delegasiyaning qolgan qismi protokol va muvofiqlashtirish xodimlari, tarjimonlar va xavfsizlik xodimlaridan iborat.

Kiritildi: Bugun 10:45. O'qildi: 471 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!