Melaniya Tramp Epshteyn bilan aloqasi borligini rad etdi.
Melaniya Tramp Jeffri Epshteyn bilan hech qanday munosabatda bo‘lmagani va uning qurboniga aylanmaganini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Epshteynning yordamchisiga yozilgan xati shunchaki rasmiy javob bo‘lgan, xolos. Shuningdek, Melaniya Epshteyn uni Tramp bilan tanishtirgani haqidagi da’volarni ham inkor etdi. U bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan 1998 yilda, moliyachi bilan tanishguniga qadar uchrashganini ta’kidladi.