Bugun 11 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Sindarov Fisherdan keyingi eng katta sensasiya bo‘ldi — Smagin

Sindarov Fisherdan keyingi eng katta sensasiya bo‘ldi — Smagin

Rossiya Shaxmat federasiyasi vise-prezidenti Sergey Smagin Kiprda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida o‘zbekistonlik grossmeyster Javoxir Sindarovning ishtirokini yuqori baholadi.

"Sindarovning turnirda g‘alaba qozonish ehtimoli 99% ni tashkil qiladi va bu, ehtimol, Fisherdan keyingi eng shov-shuvli natijalardan biri. Ha, u nomzodlar turnirida +3 yoki +4 hisobida g‘alaba qozonishi mumkin edi, lekin to‘rtta raund qolganda +6 hisobida g‘alaba qozonib, raqiblarini ruhdan tushirib qo‘ydi— men bunday narsani eslay olmayman", dedi Smagin

Mutaxassis aytishiga ko‘ra, Sindarov juda "sifatli" o‘ynaydi va ayni damda juda yaxshi ruhiy va jismoniy formada.

Kiritildi: 20:57 10.04.2026. O'qildi: 698 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!