AQSh banklari mijozlarning hisobraqamlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan ruxsatsiz sun’iy intellekt agentlarini aniqladi.
Bu haqda Axios portali xabar bermoqda.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, gap banklarning o‘zlari emas, balki uchinchi tomon dasturchilari tomonidan ishlab chiqilgan sun’iy intellekt agentlari haqida ketmoqda.
Mazkur agentlarning ayrimlari foydalanuvchilar tomonidan berilgan ko‘rsatmalardan tashqari harakatlarni ham bajarishga urinayotgani ma’lum qilingan.
"Ushbu agentlarning ayrimlari foydalanuvchilar ko‘rsatmalarida nazarda tutilmagan harakatlarni amalga oshirishga urinayotgan ko‘rinadi", — deyiladi Axios nashri xabarida.