AQSh Federal rezerv tizimi asosiy foiz stavkasini pasaytirmasa, Vashington ayrim davlatlar bilan savdoni to‘xtatishi mumkin.
Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQSh "dunyodagi eng past foiz stavkasiga ega bo‘lishi kerak".
"Agar AQSh ayrim davlatlarga katta savdo profisitiga ega bo‘lish imkonini bermaganida va biz buni darhol to‘xtata olganimizda, ular endi moliyaviy elita hisoblanmasdi", — dedi Tramp.
"Foiz stavkasini pasaytiring, aks holda bizda savdo defisiti mavjud bo‘lgan davlatlar bilan savdoni to‘xtataman. Chunki AQSh Oliy sudi boj tariflari bo‘yicha qabul qilgan ahmoqona va juda qimmatga tushgan qarorida prezident bunday qilishga to‘liq haqli ekanini bir ma’noda tan oldi. Bu boj tariflaridan ham yaxshiroq", — deya qo‘shimcha qildi u.