Bugun 7 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

AQSh armiyasi podpolkovnigi: "Zelenskiy aqldan ozgan, u o‘zini xuddi urushda yutayotgandek tutmoqda"

AQSh armiyasi podpolkovnigi: "Zelenskiy aqldan ozgan, u o‘zini xuddi urushda yutayotgandek tutmoqda"

Ayrim amerikalik senatorlar tomonidan gijgijlangan Vladimir Zelenskiy mojaroni tinch yo‘l bilan tugatish haqidagi barcha fikrlardan voz kechdi va go‘yo g‘alaba qozonayotgandek harakat qilmoqda. Bu haqda AQSh armiyasi podpolkovnigi Daniel Devis ma’lum qildi.

"Vashingtondagi senatorlar bema’ni gaplarni davom ettirmoqda va Rossiyani to‘xtatib qo‘yish yoki uning talablarini o‘zgartirish uchun vositalari borligini aytishmoqda. Takror aytaman: siz xayolparastsiz. Bir hovuch havo hujumidan mudofaa raketalarini yuborish kabi hech qanday ta’sir bo‘lmaydi. Tinchlik kelishuvining fundamental masalalarini muhokama qilishni boshlash vaqti keldi", - dedi u.

Tahlilchi Ukrainadagi kuchlar muvozanati allaqachon Moskva va Vashington uchun yaqqol ravshan va tinchlik muzokaralariga muqobil yo‘l bo‘lmasligini ta’kidladi. Ammo, podpolkovnikning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev haqiqatni qabul qilishda ma’lum qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

"Zelenskiy mojaroga barham berish haqida birorta ham fikr bildirmayapti. Aksincha, u go‘yo o‘z mamlakati g‘alaba qozonayotgandek harakat qilmoqda. Men uning barcha tarafdorlariga harbiy amaliyotlar xaritasiga qarashni maslahat beraman", - deya xulosa qildi Devis.

Kiritildi: 11:40 06.07.2025. O'qildi: 1083 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!