2024 yil 17 iyun kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Erondan “besarhad taslim bo‘lish”ni talab qildi va Eron oliy rahbari Ali Xomanaiyni o‘lim bilan tahdid qildi. Shu paytda Pentagon Yaqin Sharqqa avianoses guruhlari va bombardimonchi samolyotlarni joylashtirmoqda. Jumladan, “Nimis” avianosesi ham yo‘l olgan bo‘lib, u 5 ming nafargacha kishi va 60 ta samolyotni o‘z ichiga sig‘dira oladi.
Shuningdek, AQSh harbiylari oldindan Yevropaga ko‘p sonli yonilg‘i quyish samolyotlarini jo‘natgan. Reuters agentligiga ko‘ra, bu harakatlar prezident Trampga Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashsa, ko‘proq strategik imkoniyatlar berish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Dyami Security Intelligence tahlilchisi Erik Shauten shunday deydi:
“AQSh harbiy-havo kuchlari tomonidan bir yo‘la yigirmadan ortiq yonilg‘i quyuvchi samolyotning sharq yo‘nalishiga joylashtirilishi — bu odatiy hol emas. Bu strategik tayyorgarlikning aniq belgisidir”, — deb bayonot berdi u.