Bugun 25 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSh agar Eron uranni boyitishdan voz kechsa, unga yadro yoqilg‘isi yetkazib berishga tayyor

AQSh agar Eron uranni boyitishdan voz kechsa, unga yadro yoqilg‘isi yetkazib berishga tayyor

Agar Islom Respublikasi uranni boyitishdan voz kechsa, Qo‘shma Shtatlar Eronni yadro yoqilg‘isi bilan ta’minlashi mumkin.

AQSh energetika vaziri Kris Rayt Bloomberg agentligiga bergan intervyusida shunday dedi.

"Biz Eronni mamlakat tashqarisidan yadro yoqilg‘isi bilan ta’minlashimiz mumkin. Ular davlatlar hamjamiyatiga qayta qo‘shilishlari va o‘z xalqlariga tinchlik va farovonlik olib kelishlari mumkin", dedi u.

Raytning qo‘shimcha qilishicha, AQSh Islom Respublikasining yadro dasturi masalasini muzokaralar orqali hal qilishni afzal ko‘radi, ammo harbiy harakatlarga ham tayyor.

Kiritildi: 10:35 14.09.2026. O'qildi: 1268 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!