Bugun 29 mart, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh Afg‘oniston ichki ishlar vazirining joylashuvi uchun beriladigan mukofotni bekor qildi

AQSh Afg‘oniston ichki ishlar vazirining joylashuvi uchun beriladigan mukofotni bekor qildi

Qo‘shma Shtatlar Afg‘oniston ichki ishlar vaziri Sirajuddin Haqqoniyning qayerda ekanligi haqidagi ma’lumot uchun 10 million dollar mukofot pulini bekor qildi.

Bu haqda Ariana News yozmoqda.

"Ichki ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Haqqoniyga yaqin manbalar jurnalistlarga AQSh hukumati Islom Amirligidagi bir qancha amaldorlarga beriladigan mukofotlarni bekor qilganini aytdi", — deyiladi maqolada.

Qayd etilishicha, endi ro‘yxatda yo‘q bo‘lganlar orasida Sirajuddin Haqqoniy ham bor. Uning qarindoshlari Abdul Aziz Haqqoniy va Yahyo Haqqoniyning ismlari ham Amerika "qora ro‘yxati"dan o‘chirildi.

Haqqoniy tarmog‘i a’zolari AQSh tomonidan Afg‘onistondagi Amerika qo‘shinlari va NATO koalisiya kuchlariga transchegaraviy hujumlarni muvofiqlashtirgani va ishtirok etgani uchun qidiruvga berilgan edi.

Kiritildi: 14:12 23.03.2025. O'qildi: 568 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!